Ermatov 2014 yil yakunlariga ko'ra dunyoning eng yaxshi hakamlari ro'yxatida beshinchi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2015, 12:33
Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) tomonidan 2014 yilning eng yaxshi hakamlari nomini ma'lum qildi.
Unga ko'ra, o'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov yilning eng yaxshi hakamlari reytingida 5-o'rinda qayd etildi. Dunyoning eng yaxshi hakamlari reytingini esa italiyalik FIFA referisi Nikoli Riccoli boshqarib turibdi. Braziliyada bo'lib o'tgan Jahon chempionati finalini boshqargan italiyalik referi yil yakunlariga ko'ra 131 ball to'plab, yilning eng yaxshi hakami bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Ravshan Ermatov Braziliyada bo'lib o'tgan Jahon chempionati bahslarida 4ta o'yin boshqardi va Jahon chempionatlari final bosqichi bahslari tarixida eng ko'p o'yinni boshqargan hakam sifatida rekord qayd etgan edi.

IFFHS reytingiga ko'ra 2014 yilning eng yaxshi hakamlari dastlabki o'ntaligi quyidagicha ko'rinish olgan:

1. Nikola Riccoli (Italiya) – 131 ochko

2. Govard Uebb (Angliya) – 78 ochko

3. Feliks Brix (Germaniya) – 61 ochko

4. Born Kuypers (Gollandiya) – 45 ochko

5. Ravshan Ermatov (O'zbekiston) – 37 ochko

6. Pedru Proensa (Portugaliya) – 34 ochko

7. Karlos Velasko Karbalo (Ispaniya) – 16 ochko

8-9. Junayt Chaqir (Turkiya) – 13 ochko

Marko Rodriges Moreno (Meksika) – 13 ochko

10. Nestor Pitana (Argentina) – 7 ochko

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com