Eldor Shomurodov: "O'zbekistonlik futbolchilar Yevropada qancha ko'p o'ynashsa, terma jamoaga shunchalik yaxshi"

Narzulla Saydullayev
15 fev 2022, 11:30
O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov UEFA.COM saytiga intervyu berdi.

Quyida uning terma jamoaga oid javoblarini taqdim etamiz.

Terma jamoadagi sardorlik

Bu men uchun katta ahamiyatga ega. Buni so'z bilan tariflash qiyin. Bunchalik erta sardor etib tayinlashlari va terma jamoa uchun bu qadar muhim futbolchi bo'laman deb o'ylamagandim. Hozir bizda avlodlar almashmoqda, yosh o'yinchilar maydonga tushmoqda, men kattalar futbolchi sifatida ularga o'rnak bo'lishim kerak, shuning uchun bu men uchun juda muhim.

O'zbekiston haqida

Men vatanimni juda yaxshi ko'raman. Men uchun mamlakat ham, O'zbekiston terma jamoasi ham muhim. Terma jamoaga chaqirilganimda yoki tatil paytida yurtimga boraman. Boshqa payt esa buning uchun vaqtim yetmaydi. O'zbekiston va ota-onamni albatta juda sog'inaman.

A Seriyada o'ynagan ikkinchi o'zbekistonlik futbolchi

Albatta bundan faxrlanaman va mamnunman. Lekin bizda bu darajada o'ynay oladigan futbolchilar ko'p. Men ularning shu yerda to'p tepishlarini juda istardim. Men imkon qadar ko'proq o'yinchilarimizni Yevropada bo'lishini istardim. Bu butunlay boshqacha futbol, boshqacha tezlik. Bu yerda o'sish uchun ko'p narsa mavjud. Futbolchilarimiz Yevropada qancha ko'p o'ynashsa, terma jamoaga shunchalik yaxshi bo'ladi.



Eldor Shomurodov: "Konferenciya ligasida chempion bo'lmoqchiman"        

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia