

Barselona forvardi Messi birinchi bo'limining o'zida MYU darvozasiga dubl qayd etdi. Shu tariqa, argentinalik futbolchi Angliya jamoalari darvozasiga 24-golini urdi. Bu ingliz klublariga to'p kiritish bo'yicha musobaqaning mutlaq rekordi hisoblanadi.
Yuventus a'zosi Ronaldu esa biroz oldin Ayaks darvozasini boshi bilan ishg'ol etdi. Bu futbolchining musobaqadagi 24-bosh bilan kiritgan goli bo'ldi va bu turnirning eng yaxshi natijasi demakdir.



