Don Balon: Ronaldu mavsum yakunlanganidan keyin boshqa klubga o'tadi

Eldor Akmurzayev
14 okt 2019, 00:50
Yuventus hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsum yakunlanganidan so'ng klubini almashtiradi, deya xabar qiladi Don Balon.

Manbaga ko'ra, Ronaldu faoliyatini PSJda davom ettiradi. Uning transfer summasi esa 150 mln. evro bo'lishi kutilmoqda. 

Qayd etilishicha, Neymarning kelayotgan yoz parijliklarni tark etishi Ronalduning Fransiyaga kelishi uchun zamin yaratadi.

Portugaliyalik yulduz joriy mavsum A Seriyaning 6 bahsida qatnashib, o'z hisobiga 3+1 natija yozdirib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Don Balon