Dilshod Jabborov: "2014 yilda chempion bo'lishni orzu qilayapman"

Narzulla Saydullayev
31 dek 2014, 18:53
Toshkentning "Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Dilshod Jabborov ham "SA" orqali muxlislarni yangi yil bilan tabrikladi.
"Ortda qolayotgan yil futbolchilik faoliyatimda o'rtacha o'tdi deyish mumkin. Chempionliklik qo'lga kiritganimizda bundan ham zo'r bo'lardi. Lekin shunisiga ham shukur qilgan holda, nolimayman. Shaxsiy hayotda esa Xudoga shukur barchasi yaxshi. Kelayotgan yildan umidim katta. Avvalo klubim bilan O'zbekiston chempion bo'lmoqchiman. Qolaversa Osiyo chempionlar ligasida ijobiy natijalar qo'lga kiritishimizni yaratgandan so'rab qolaman.

Muxlislarga shu o'rinda birinchi navbatda sog'lik salomatlik tilayman. Sog'lik bo'lsa barchasi bo'laveradi. Yangi yilda ham ishqibozlarimizdan bizni yanada qizg'in qo'llab quvvatlashlarini xohlardim. Fursatdan foydalanib "SA" ijodkorlarini ham yangi yil bayrami bilan qutlayman", - deydi Dilshod Jabborov.

Islombek Rustambekov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia