Diego Simeone: Biz Diego Kostaning tezligiga ishongandik

Narzulla Saydullayev
29 sen 2013, 12:52
Atletiko bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya primerosining 7-turidan o'rin olgan Realga qarshi o'yindan (1:0) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Raqibning kamchiliklarini juda yaxshi bilardik va o'yin uchun rejamiz bor edi. Real himoyasidagi bo'shliqlardan foydalanishga urindik.

Aynan shu bois Diego Kostaning tezligiga ishondik. U ikkinchi sariq kartochkasini olishidan qo'rmadim. So'nggi paytlarda Kosta o'zini bosib olgan.

David Vilya va Koke maydonda fantastik darajadagi mehnatni amalga oshirishdi, – deydi Simeone Atletiko rasmiy saytiga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru