

"Men himoyachilarga qarshi, himoyachilar esa menga qarshi o'ynashadi. Biz bahslashamiz. Lekin, maydonda nima bo'lgan bo'lsa, o'sha erning o'zida qoladi. O'yindan so'ng himoyachining qo'lini siqib qo'yaman. Ish tugadi, men o'z uyimga, u ham o'z uyiga ketadi. Biz barchamiz do'stmiz. Barchasi joyida. Mana men futbolni qanday ko'raman. Futbolni mana shunday o'ynayman. O'zgarmoqchi ham emasman. Futbol - yakkakurashga boy sport turi", - deydi futbolchi.



