Diego Kosta Braziliya chempionatiga qaytdi

Mirjalol Normatov
13 avg 2023
Hujumchi Diego Kosta "Botafogo" jamoasi a'zosiga aylandi.

Ispaniya termasining 34 yoshli sobiq futbolchisi Braziliya klubi bilan 4 oylik shartnoma imzoladi. Uning so'nggi jamoasi "Vulverxempton" bo'lgan va o'tgan mavsumdan keyin erkin agent sifatida klubdan ketgandi.

U faoliyati davomida "Atletiko Mineyro", "Atletiko" va "Chelsi" kabi jamoalar tarkibida ham harakat qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: botafogo.com.br