

"Vulverxempton" hujumchi Diego Kosta bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.


Angliya klubi 33 yoshli forvard bilan mavsum oxirigacha kelishuv tuzilgani haqida ma'lumot berdi.
Kosta avval APLda o'ynagan - u 2014 yildan 2017 yilgacha "Chelsi" sharafini himoya qilgan. U London klubi bilan ikki marta chempionlikni qo'lga kiritgan.
Hujumchi shu yilning yanvar oyida "Atletiko Mineyro"ni tark etganidan keyin olti oydan ko'proq vaqt davomida erkin agent maqomida edi.



