DFBning vaqtinchalik rahbari: "JCH-2006ni qonuniy yo'l bilan qo'lga kiritib bo'lmas edi"

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2016, 16:41
Nemis futbol ittifoqining (DFB) vaqtinchalik prezidenti Rayner Koxning fikricha, 2006 yildagi jahon chempionatini o'tkazish huquqini qonuniy yo'l bilan qo'lga kiritib bo'lmas edi.

"JCH-2006 Germaniyada o'tishi uchun juda ko'p ishlarni amalga oshirganmiz, ammo saylovlar FIFA iflos tashkilotga  aylanib bo'lgan edi, shu sababli Jahon chempionatini qonuniy yo'l bilan qo'lga kiritib bo'lmas edi. Tekshiruv ishlari biz chegaradan chiqqanmizmi, yo'qmi, aniqlab beradi, ammo FIFAdagi mojaro bu vaziyatni o'zgartirishi kerak" - deydi Koxa.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: DPA