“Chelsi”, “Yuventus” va “Barselona” futbolchilari AQSHda yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga da'vogarlik qilmoqda

Aslanov Jasurbek
11 dek 2020, 08:45
AQSHda 2020 yilning eng yaxsh futbolchisi nomiga da'vogarlar ma'lum.

AQSH futbol federatsiyasi 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga da'vogarlarni e'lon qildi. Nomzodlar quyidagilar:

Serjino Dest (“Barselona”), Kristian Pulishich (“Chelsi”), Ueston Makkenni (“Yuventus”), Tayler Adams (“RB Leyptsig”), Jordan Morris (“Sietl Saunders”) va Gyasi Zardes (“Kolambus Kryu”).

Nomzodlarga ovoz berish 2020 yil 16 dekabrga qadar davom etadi. G'olib nomi 18 dekabrda e'lon qilinadi.



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: АҚШ футбол федерацияси