"Chelsi" Xennessi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
3 iyul 2021, 13:52
"Chelsi" darvozabon Ueyn Xennessi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Klub zaxira darvozabonligi uchun futbolchi qidirmoqda va erkin agent hisoblangan 34 yoshli uelslik futbolchi bu rolga mos keladi.

Xennessi 2020/21 yilgi mavsum so'nggida erkin agentga aylandi, bungacha u 7 yil davomida "Kristal Pelas" sharafini himoya qildi.

Futbolchi o'tgan mavsum "burgutlar"ning asosiy jamoasida 1ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan to'p olib chiqmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Express