"Chelsi" va "Man Siti"ning Ake borasidagi muzokaralari yuqori bosqichda. Himoyachi Londonga qaytishga tayyor

Alisher
8 iyul 2022, 11:24
"Chelsi" himoyachi Natan Akeni xarid qilish borasidagi ishlarda muvaffaqiyat qozonmoqda.

Londonliklar "Manchester Siti" bilan muzokaralarda yuqori bosqichdalar. So'nggi kunlarda jarayon tezlashdi.

Futbolchi 2017 yilda ketgan jamoasiga qaytishga tayyor. Shartnoma shartlari borasida hali u bilan kelishuvga erishilmagan.

Niderlandiyalik o'tgan mavsum APL doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Times