"Chelsi" "Kristap Pelas" bilan o'yinchi almashishi mumkin

Alisher
7 apr 2021, 11:31
"Chelsi" transfer oynasida "Kristal Pelas" bilan forvardlar almashinuvini amalga oshirishi mumkin.

"Ko'klar" o'z safiga Vilfrid Zaani qo'shib olmoqchi, klub shu sabab bitimga talab qilinayotgan 50 mln funtning hammasini to'lamaslik uchun hujumchi Mishi Batshuayini kiritmoqchi.

"Kristal Pelas" bunday shartga rozi bo'lishi mumkin, klub yozda yangi forvard qidirish masalasini ham hal etishi mumkin bo'ladi.

Qayd etish kerakki, Zaaga shuningdek "Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari da'vogarlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Metro