"Chelsi" futbolchilari maoshlarining 30%ga kamaytirilishiga qarshi chiqishdi

Alisher
18 apr 2020, 16:15
Londonning "Chelsi" klubi rahbariyati o'yinchilar bilan maosh masalasida muzokaralar olib bormoqda.

Muzokaralarda "aristokratlar" sardori, ispaniyalik Sezar Aspilikueta vositachilik qilmoqda. London klubi karantin davrida ham maoshlarining 30%ga kamayishiga qarshi chiqishmoqda.

O'yinchilar bunday taklifga rozi emaslar va 10%dan ko'p bo'lgan maoshlarining tushishiga qarshi chiqishadi.

Muzokaralar davom etmoqda va o'zaro kelishuvga erishilishiga umid qilinmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph