"Chelsi" 56 million evroga yarim himoyachi olib kelishga yaqin turibdi

Mirjalol Normatov
7 avg 2018, 21:10
"Chelsi" "Lion" yarim himoyachisi Nabil Fekir bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

"TransferLIVE" xabariga ko'ra, tomonlar 25 yoshli futbolchining transferi borasidagi muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlashgan. Fekir 56 mln evro evaziga "Stemford Brij"ga ko'chib o'tadi.

Fekir o'tgan mavsumda "Lion" tarkibida 40 uchrashuvda qatnashdi va 23 gol urib, 8 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TransfersLIVE