

"Bunyodkor" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev Championat.asia jurnalisti Faxriddin Ro'ziev bilan suhbatda jamoa a'zolariga 2 oydan beri maosh to'lanmaganini ma'lum qildi. Toshkent klubi vakillari oxirgi bor may oyi uchun oylik ish haqlarini olishgan.
Shuningdek, Mirzaev futbolchilar va xodimlarni xavotir olmaslikka chaqirdi:
"Xavotir olishga o'rin yo'q. Iqtisodiy muammolar barcha davrlarda bo'lgan esa-da, hali hech kim xarajatlar smetasini yopmay qo'ymagan. Uzilishlar, kechikishlar bo'lsa ham, futbolchi va xodimlarimiz oldidagi qarzdorliklar baribir to'lanadi".

To'liq suhbatni o'qing↓↓↓
"Navbahor" rahbariyati jentlmenlik qilmadi" - Ulug'bek Mirzaev



