Brunu Fernandesh: "Biz hech bir maqsadimizga erisha olmadik"

Sherzod Nurmatov
25 may 2022, 01:43
"Manchester Yunayted"ning portugaliyalik yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "qizil iblislar"ning joriy mavsumdagi natijalari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Mavsum yakunlandi va biz hech bir maqsadimizga erisha olmadik. Yakka tartibda ham, jamoaviy tarzda ham kerakli darajada o'ynay olmadik.

Muxlislarimiz "Yunayted" nima uchun dunyoning eng yaxshi klublaridan biri ekanligini yana bir bor oydinlashtirishdi. Shunday mavsumlarda ham muxlislar bizni qo'llab-quvvatlashdi.

Bu erga kelgach, juda muhim narsani angladim. "Manchester Yunayted" har doim qayta oladi", – deb yozdi yarim himoyachi ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" APLda 6-o'rinni band etib, Yevropa Ligasiga yo'l oldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com