Braziliya – Avstraliya. So'nggi 15 yildagi eng yirik mag'lubiyatini qabul qilib oldi
Narzulla Saydullayev
8 sen 2013, 09:43
Avstraliya terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Braziliyaga yirik hisobda yutqazib qo'ydi (0:6).
Shunday qilib, Avstraliya so'nggi 15 yildagi eng yirik mag'lubiyatini qabul qilib oldi. 1998 yil 6 iyun sanasida Avstraliya Xorvatiyaga 0:7 hisobida yutqazib qo'ygandi.