Bilasizmi? "Qo'qon-1912"ni safarda mag'lub etgan ikkinchi klub ham voha jamoasi

Xayrulla Xoliqov
16 sen 2017, 22:37
Bugun oliy liganing 21-tur doirasida "Qo'qon-1912" - "Mashal" bahsi bo'lib o'tdi.

Qo'qonda kechgan uchrashuvda muborakliklar raqib ustidan 4:2 hisobida g'alaba qozonishdi. Bu mag'lubiyat esa "Qo'qon-1912"ning mavsum boshidan beri o'z maydonidagi ikkinchi mag'lubiyati bo'ldi. 

Qizig'i shundaki, qo'qonliklar uydagi ilk mag'lubiyatni 1-turda "Nasaf"dan 1:2 hisobida qabul qilib olishgandi. Mana endi ular "Mashal"ga ham imkoniyatni boy berishdi. 

Bugungi mag'lubiyatdan so'ng "Qo'qon-1912" turnir jadvalida oltinchi o'ringa tushib ketdi. Jamoa hisobida 34 ochko bor. 

X.Xoliqov. 


O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia