Bilasizmi? Ikki yil oldin Ronaldu ham islandlar darvozasi tomon 11ta zarba berib gol ura olmagan

Tolibjon Qosimov
17 iyun 2018, 09:37
Kecha JCH-2018ning "D" guruhida Argentina va Islandiya terma jamoalari o'zaro durang o'ynashdi - 1:1.

Ana shu uchrashuvda argentinaliklar yetakchisi Lionel Messi raqib darvozasi tomon 11ta zarba berdi va birorta ham gol ura olmadi. Messi hatto penaltini ham golga aylantirolmadi.

Qizig'i, bundan 2 yil oldin 14 iyun sanasida Evro-2016 guruh bosqichi doirasidagi o'tkazilgan Portugaliya - Islandiya (1:1) o'yinida ham shunga o'xshash holat kuzatilgan. O'shanda portugallar sardori va yetakchisi Krishtianu Ronaldu islandlar darvozasi tomon 11ta zarba bergan va gol ura olmagan edi.

Ha, aftidan Islandiya kiperi Xannes Xalldorsson futbolning bugungi kundagi qirollarini qanday to'xtatib qolishni juda yaxshi biladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/brfootball