Beshta o'yinda 2 ochko to'plagan Skoulz iste'foga chiqarildi

Aslanov Jasurbek
15 mar 2019, 11:43
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz "Oldxum Atletik" bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.

11 fevral kuni Skoulz jamoa ustozi sifatida ommaga tanishtirilgan edi. Mutaxassis "Oldxem" bosh murabbiyi sifatida 5ta uchrashuv o'tkazib, ularning 3tasida mag'lubiyatga uchradi va 2ta durang qayd etdi. Ayni damda "Oldxem" Angliyaning to'rtinchi darajali chempionati turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi.

Skoulz iste'fosi sabablari haqida ma'lum qilinmagan. Eslatib o'tamiz, Skoulz "Selford Siti" klubining egalaridan biri bo'lgani uchun Angliya ligasidan maxsus ruxsat olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com