Turkiya Superligasi. Istanbul derbisida "Beshiktosh" "Istanbul Bashakshexir"ni mag'lub etdi, Shomurodov yangi klubidagi debyut golini urdi!

Alisher Ostonov
14 sen 2025, 00:00
Turkiya Superligasi 5-tur doirasidagi "Beshiktosh" - "Istanbul Bashakshexir" o'yini bo'lib o'tdi.

Mehmonlar safida Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 85-daqiqada zaxiraga olindi. O'zbekiston MTJ hujumchisi 71-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qilib, hisobni ochdi. Mehmonlarning yana bir o'zbekistonlik o'yinchisi Abbos Fayzullaev 90+3 daqiqaga kelibgina o'yinga qo'shildi.

Bahs 2:1 hisobida "Beshiktosh" foydasiga hal bo'ldi. Qayd etish kerakki, "Istanbul Bashakshexir" 89-daqiqada ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni erta tark etdi. 90+8daqiqada esa "Beshiktosh" o'yinchisi Orkun Kokchu maydondan chetlatildi.





O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia