

Nodir Eliboev shogirdlari yarim final chiptasi uchun Eron bilan to'qnash keladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 11:00da start oladi. Bu juftlikda zafar quchgan jamoa keyingi bosqichda Tailand-Iroq qarama-qarshiligi g'olibiga qarshi o'ynaydi.
Ma'lumot uchun, Eron amaldagi Osiyo chempioni hisoblanadi. 2024 yilgi qita turnirida forslar yarim finalda penaltilar seriyasida O'zbekistonni enggan edi.



