"Bavariya" Menyan uchun "Chelsi" bilan raqobatlashadi

Sherzod Nurmatov
13 noya 2025, 19:34
"Bavariya" uzoq vaqtdan beri "Chelsi"ning diqqat markazida bo'lgan "Milan" darvozaboni Mayk Menyanni sotib olmoqchi.

"La Gazzetta dello Sport" nashrining xabar berishicha, "Chelsi" va "Bavariya" Fransiya terma jamoasi futbolchisi bo'yicha faol muzokaralar olib bormoqda.

"Bavariya" yaqinda faoliyatini tugatishi kutilayotgan Manuel Noyerning o'rnini bosadigan darvozabon qidirmoqda, "Chelsi" esa yangi darvozabonga juda muhtoj.

Menyan qulay vaziyatda: uning "Milan" bilan shartnomasi shu yozda tugaydi va klub yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti, bu esa Yevropaning elit klublaridan biriga o'tish ehtimoli har qachongidan yuqoriligini anglatadi.

Posbon joriy mavsum 11 o'yinda maydonga tushib, 6 o'yinda darvozasi daxlsizligini saqladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport