“Barselona” klubi “Ayaks” futbolchisidan azaliy raqibini musobaqadan chiqarib yuborishni so'ragan

Aslanov Jasurbek
5 mar 2019, 19:30
“Barselona” klubi “Ayaks” yarim himoyachisi Frenki De Yong bilan shartnoma imzolayotgan vaqtida, undan “Real”ni YCHLdan chiqarib yuborishni so'ragan.

“Kataloniyaliklar bilan shartnoma imzolayotganimda, klub mutasaddilari mendan “Real”ni chempionlar ligasidan chiqarib yuborishni so'radi. Shanba kungi El-Klasikoni tahlil qilish uchun emas, tomoshabin sifatida kuzatdim. Agar biz “Real”ni musobaqadan chiqarib yuborsak, barchani hayratda qoldirgan holda nomimizni tarixga yozib qo'yamiz.”, - deya De Yongning so'zlarini keltiradi De Telegraaf.

Eslatib o'tamiz, 21 yoshli xavbek yozgi transferlar vaqtida “Barselona”ga o'tadi. Futbolchining transfer bahosi 75 mln. evro deya baholangan. Bonuslar hisobiga uning narxi yana 11 mln.ga oshishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: De Telegraaf