Azmun Dortmundning "Borussiya"siga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
8 yanv 2021, 00:37
Dortmundning "Borussiya"si "Zenit" forvardi Syerdar Azmunning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Tuttomercatoweb" xabariga ko'ra, piterliklar futbolchini 20 mln evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor turibdi. Azmun 2019 yilning fevralidan buyon "Zenit" tarkibida o'ynamoqda.

Eronlik futbolchining hisobida 74 o'yinda 44 gol va 18 assist bor. Uning klub bilan shartnomasi ushbu mavsumdan keyin yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttomercatoweb