Azizjon G'aniev Jizzaxda. Kutib olish marosimidan maxsus reportaj FOTO + VIDEO

Narzulla Saydullayev
2 fev 2018, 21:01
Xitoyda o'tgan 23 yoshgacha bo'lgan Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi safida ishtirok etgan Azizjon G'aniev Jizzaxda munosib tarzda, karnay surnay sadolari ostida kutib olindi.

Millionlar o'yini ihlosmandlari yosh charm to'p ustasi va uning yaqinlarini tabriklash maqsadida G'anielar xonadoniga tashrif buyurishdi.  Mahalla oqsoqollari boshchiligidagi barcha mahalladoshlar Azizjon G'anievning chinakkam muhlisiga aylanib, Osiyo chempionati davomida uni va jamoadoshlarini qo'llab-quvvatlab turishganini,terma jamoaning muvofaqiyati esa ularning millionlar o'yiniga bo'lgan mehrini yanada orttirganini ta'kidlab, uni kelajakdagi faoliyati bundanda muvoffaqiyali bo'lishiga tilak bildirildi.

Shundan so'ng, Azizjon G'aniev  bilan Jizzax viloyat hokimligida  Jizzax viloyat hokimi Ergash Soliev, hokim o'rinbosari Botir  To'xtamishev, viloyat Futbol Federatsiyasi birinchi  vice prezidenti  Anvar Musulmanov, Jizzax viloyat Jismoniy  tarbiya va sport ishlari boshqarmasi boshlig'i Inom Tojiboev uchrashdilar. Uchrashuv davomida rahbarlar Alijon G'anievga shunday o'g'lonni voyaga etkazib tarbiyalagani uchun minnatdorchilik bildirib, Azizjon G'anievga ham kelajakda  milliy terma jamoa safida jahon chempionatida ishtirok etib, muvofaqqiyat qozonishiga ishonch bildirishdi. Uchrashuv so'nggida Aziz G'anievga Jizzax viloyat hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg'alari  topshirildi.



Yurtimizda futbolni sevishadi. Futbolchilarimiz esa xalkimizning doimiy e'tibor va etirofida. Umid qilamizki, yoshlarmiz kelajakda Azizjon G'aniev kabi yutuqlarga erishib, yurtimiz sporti dovrug'ini yuksaklarga ko'tarishadi. Qo'yida Jizzax shaxar televidiniesining maxsus video lavhasini tomosha qilishingiz mumkin.



Dildora Xolboeva
Jizzax shahridan maxsus

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz