Andrey Kojokarning raqami nechchi?

12 apr 2014, 02:37
Kecha bo'lib o'tgan Oliy liganing 5-turidan o'rin olgan Toshkent "derbi"sida qiziq voqea yuz berdi.

"Bunyodkor" - "Lokomotiv" uchrashuvining qaydnomasida "temiryo'lchilar" futbolchisi Andrey Kojokarning raqami 14 - deb yozildi va u maydonga 14 - raqam ostida maydonga tushdi. Qizig'i shundaki, "Lokomotiv" jamoasi mavsum oldidan o'tkazilgan taqdimot marosimida ushbu futbolchiga 87-raqamini topshirgan edi. Andrey Kojokari chempionatning 2-turida "Nasaf"ga qarshi o'yinda aynan 87 raqam ostida harakat qilgan. Lekin PFL saytida Oliy liga klublarining zayavkasida Kojokar 14 - raqam deb ko'rsatilgan. Shu o'rinda yana bir xatolik. "Lokomotiv"ning PFL saytida turgan zayavkasida ikkita futbolchi Mirshohid Alimov hamda Andrey Kojokar 14 - raqam ostida harakat qilishi belgilangan. Bu xatolik bo'yicha PFL qanday chora ko'rarkin?

"Bunyodkor" - "Lokomotiv" uchrashuvi qaydnomasi

"Bunyodkor" - "Lokomotiv" o'yinida Kojokar ushbu raqamda harakat qildi

"Lokomotiv" rasmiy saytidan "skrinshot" 

PFL saytidagi "Lokomotiv" - "Nasaf" o'yinidagi tarkiblar


PFL saytidagi "Lokomotiv" zayavkasi ko'rinishi


Taqdimot marosimi. Andrey Kojokarga 87-raqam topshirilmoqda. Egnidagi kiyimda esa 14-raqam turibdi


Shahboz Beg'amov


Manba: championat.asia