

Avvalroq Semeno "Manchester Siti"ga o'tishni maqul ko'rgani ma'lum bo'lgandi. Vingerning tovon puli 65 mln funtni tashkil qiladi, ammo shaharliklar "Bornmut" bilan bitimning boshqa tuzilmasini muhokama qilmoqchi.
Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lumotiga ko'ra, "Manchester Yunayted"ning Semenoga taklifi manfaatli bo'lgan, ammo raqobatchilarnikidan yuqori bo'lmagan, chunki klub maoshlar tuzilmasini o'zgartirishga tayyor emasdi. Vingerning "Manchester Siti"ga o'tish qarori sport loyihasining jozibadorligiga asoslangan edi.
Shuningdek, "Liverpul" noyabrdagi muzokaralardan so'ng ganalik futbolchini sotib olish g'oyasidan voz kechgani va keyinchalik Aleksandr Isakning jarohati ham mersisaydliklarni transfer ustidagi ishni qayta boshlashga ishontira olmagani xabar qilinmoqda.



