
"Ayni paytda terma jamoadagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Lekin, yangi murabbiy meni taklif qilmoqchi bo'lsa men jon-jon deb uni taklifini qabul qilaman", - deydi Pirlo.
Eslatib o'tamiz, futbolchi JCHdan so'ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi haqida aytib o'tgan edi.
Pirlo 12 yil davomida Italiya terma jamoasi safida 112 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.