Andre Villash-Boash: O'yin boshida futbolchilarim shokka tushishdi

Narzulla Saydullayev
24 noya 2013, 21:57
Tottenxem bosh murabbiyi Andre Villash-Boash APL 12-turidan o'rin olgan Manchester Sitiga qarshi o'yindan (0:6) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
O'yin boshi bizga og'ir bo'ldi. Uchrashuvdan oldingi taktikamizga qattiq zarba bo'ldi.

Birinchi bo'limda hisobni tenglashtirish uchun imkoniyatdan foydalana olganimizda barchasi boshqacha bo'lardi.

O'yinning bu taqlid boshlanishidan futbolchilarim shokka tushib qolishdi va koncentraciyani yo'qotishdi. Raqibning har bir hujumi gol bilan tugayverdi.

Manchester Siti qoyilmaqom o'ynadi. Bu bahsni tezroq unutish kerak, bunday o'yindan uyalishimiz kerak, – deydi Villash-Boash.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru