Alisson: "Menga De Xea va Oblak yoqadi, lekin kumirim – Buffon"

Tolibjon Qosimov
8 noya 2017, 19:07
"Roma" darvozaboni Alisson hamkasblari orasida kim o'zi uchun namuna ekanligini aytib o'tdi.

"Mening kumirim – Buffon, u meni kuchli ilhomlantiradi.

Jiji - tarixdagi eng buyuk darvozabonlardan biri, agar eng buyugi bo'lmasa. U darvozada hamisha to'g'ri poziciya tanlaydi.

Agar boshqalar haqida gapiradigan bo'lsak, menga David De Xea va Yan Oblak yoqadi. Ular "Manchester Yunayted" va "Atletiko"da juda yaxshi harakat qilishadi", - dedi Alisson.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: globoesporte.globo.com