"Al Hilol" yangi murabbiy bilan shartnoma tuzdi

Xayrulla Xoliqov
8 iyun 2018, 12:25
Saudiya Arabistonining eng kuchli klublaridan biri "Al Hilol" o'ziga yangi murabbiy topdi.

Bundan buyon ushbu jamoani Jorje Jezus boshqaradi. 63 yoshli mutaxassis klub bazasiga tashrif buyurdi va shartnomaga imzo chekdi. Ushbu murabbiy faoliyati davomida "Sporting" va "Braga" klublarida ishlagan, biroq eng katta natijaga "Benfika"ni boshqargan paytlari erishgan. Uning qo'l ostida "Benfika" uch bor mamlakat chempioni bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com