A Seriya. “Yuventus” yirik hisobda yutdi, “Napoli” bilan oradagi farq 19 ochkoga etdi

9 mar 2019, 07:05
​A Seriya 27-turi doirasida ilk uchrashuv yakuniga etdi.

Unda Turinning “Yuventus” jamoasi “Udineze”ni qabul qilib, Moyze Kin (2 ta), Emre Jan va Blez Matyuidilarning gollari evaziga 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Natijada turinliklarning ochkolari soni 75 taga etdi. 2-pog'onadagi bitta kam o'yin o'tkazgan “Napoli”da esa ayni damda 56 ochko mavjud.

Yuventus – Udineze 4:1

Gollar: 1:0 – 11 Kin, 2:0 – 39 Kin, 3:0 – 67, penalti Jan, 4:0 – 71 Matyuidi, 4:1 – 84 Lazanya.

Yuventus – Shchensni, Bardzali (Bonuchchi, 25), Kaseres, Rugani, Aleks Sandro, Jan, Spinaccola, Matyuidi (Dibala, 72), Bentankur, Bernardeski, Kin (Nikolussi-Kavilya, 80).

Udineze – Musso, Larsen, Zegelar, Uilmot (Lazanya, 46), ter Avest (Sandro, 62), Trost-Ekong, de Paul, Nyuytink (Opoku, 25), Pussetto, De Mayo, Fofana.

Ogohlantirishlar: Larsen (27), Pussetto (50), Opoku (53).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia