6 yildan buyon biror marta maydonga tushmay ushbu mavsumda ikki marta qizil kartochka olgan darvozabon haqida bilasizmi?

Mirjalol Normatov
29 iyun 2020, 19:29
"Inter" darvozaboni Tommazo Berni mavsumda maydonga tushmasdan ikkinchi marta qizil kartochka oldi.

37 yoshli posbon 2014 yilda Milan klubiga qaytgandi va shu vaqtdan buyon u jamoa tarkibida biror marta o'yinlarda qatnashmadi.

Golkiper kecha A Seriyaning 28-turi doirasida "Parma"ga qarshi o'yinning 69-daqiqasida ehtiroslarini jilovlay olmagani va sportga xos bo'lmagan harakati uchun chetlatildi.

2020 yilning yanvar kunida "Inter" - "Kalyari" (1:1) uchrashuvida ham zaxirada o'tirgan joyida qizil kartochka olgandi.

Shuningdek, ushbu mavsumda biror marta o'ynamagan "Jenoa" posboni Federiko Marketti ham ikki marta maydondan chetlatildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal