
3 oktyabrda 33 yoshga to'lgan futbolchi Ispaniya, Italiya, Gollandiya va Fransiya chempionatlarida chempionga aylangan.
"Men muvaffaqiyatga erishishimga hech kim ishonmagandi. Menga o'xshash Rozengardlik qaysi oddiy yigit bu yo'lni bosib o'ta oladi? Hamma bu meni qo'limdan kelmasligini aytardi. Ammo menda orzu bor edi va buning oqibatida hozir bu yerdaman.
Doimo g'alabalarga tashnaman. Agar bo'shashsam, ishtiyoqimni yo'qotib qo'yaman va faoliyatimni yakunlayman. Hozirgacha o'zimni boshqa futbolchilardan 10 marta kuchliroq bo'lishim kerak deb hisoblayman" - deydi Ibragimovich.