Zlatan APL klubiga o'tishga rozi, faqat...

Alisher
17 dek 2019, 17:30
Hujumchi Zlatan Ibragimovich tez orada "Everton" o'yinchisiga aylanishi mumkin.

Xabarlarga qaraganda, shvetsiyalik futbolchi "ko'klar" safiga o'tishga rozilik bergan, faqatgina buning uchun jamoani Karlo Anchelotti boshqarishi kerak.

Hozirgi vaqtda "Everton"ni vaqtinchalik jamoaning sobiq futbolchisi Dankan Fergyuson boshqarib bormoqda.

Ibragimovich so'nggi ikki mavsum MLSda "Los-Anjeles Gelaksi"da o'ynadi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi shu yilning 31 dekabrida tugaydi, ammo uning hozirdanoq erkin agent bo'lishi ma'lum bo'lib ulgurgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Rai