"Real" ustozi Zinedin Zidan "Barselona"ga qarshi o'yindan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"Men faqat natijadan qoniqdim. Uchrashuv boshidan oxirigacha kurashdik. Shogirdlarim bilan faxrlanaman. Bugun muhim o'yinda g'alaba qozondik, lekin bu faqat 3 ochko beradi xolos. Ushbu g'alaba ruhiy tomondan ustunlik berishi mumkin", - deydi Zidan.