Zinchenko: "Ukraina terma jamoasida g'alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyat bor edi"

Aslanov Jasurbek
23 mar 2019, 17:45
Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko Portugaliyaga qarshi bo'lib o'tgan bahs (0:0) haqida fikr bildirdi.

"Biz mehmonda muhim ochkoni qo'lga kiritdik. Ammo oldinda navbatdagi bahs kutib turibdi, tiklanish uchun vaqt yo'q. Bu o'yinni unutib, hoziroq keyingi bahsga tayyorlanish kerak.

Portugaliyada sifatli futbolchilar ko'pligini bilardik. Omad biz tomonda bo'ldi. Ko'proq to'psiz ishladik. G'alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'ldik.

O'yindan so'ng klubdoshim Bernardu Silva bilan suhbatlashdim. U juda charchaganini aytdi. Ular xafa. Bizda mayda xatolar ko'p bo'ldi. Moraes gol urganida hammasi yaxshi bo'lardi" - deydi Zinchenko.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football.ua