Zinchenko PSJga qarshi o'ynamaydi

Alisher
28 sen 2021, 11:20
"Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenko Chempionlar Ligasi doirasidagi PSJga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

U jamoaning ushbu o'yin uchun qaydnomasiga kiritilmadi.

Oldinroq, ukrainalik futbolchi jarohat sabab shuningdek liga Kubogi doirasidagi "Uikomb" (6:1) va APL doirasidagi "Chelsi" (1:0)ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgan edi.

24 yoshli futbolchi joriy mavsum "Siti" tarkibida barcha musobaqalarda uchta o'yin o'tkazdi.

PSJ - "Manchester Siti" o'yini bugun bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mancity.com