

Real ustozi Zinedin Zidan ushbu turnirda ham futbolchi, ham murabbiy sifatida g'olib chiqqan ettinchi insonga aylandi.
Oldinroq Migel Munos, Jovanni Trapattoni, Yoxan Kroyff, Karlo Anchelotti, Frank Raykard va Xosep Gvardiola shunday natijani qayd etgandi.
Faqat uch kishi bu ishni bir klub safida qila olgandi – Munos, Anchelotti va Gvardiola.



