Zidan: "Barchasini boshidan boshlaymiz"

Mirjalol Normatov
16 mar 2021, 00:35
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan YCHLning 1/8 finali doirasida "Atalanta"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlarini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, dastlabki o'yinda madridliklar 1:0 hisobida g'alabaga erishishgan. Seshanba oqshomida ushbu jamoalar endi "Real" maydonida to'qnash keladi.

"Barchasini boshidan boshlaymiz. Chunki hali hech nimaga erishmadik. Navbatdagi bosqichga o'tish uchun yana bir ajoyib o'yin o'tkazish kerak bo'ladi. Biz o'zimizni navbatdagi bosqichga chiqqandek kabi o'ylamasligimiz kerak.

Bor e'tiborimiz shu o'yinga qaratilgan. Bu biz uchun finalga teng. Agarda sovrinni qo'lga kiritishni istasak, barcha raqiblarni yuta oladigan bo'lishimiz kerak", - dedi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: realmadrid.com