Jerrard: "Suaressiz ham muvaffaqiyat qozonamiz"

Aziz Tukhtamuradov
28 avg 2014, 16:15
"Liverpul" futbolchisi Stiven Jerrard Luis Suaressiz ham jamoa muvaffaqiyatli ishtirok eta olishiga ishonadi.
"Shubhasiz, bizga Suaresdek futbolchi yetishmaydi. Yozda murabbiy barcha chiziqlarni kuchaytirdi. Yaqinda esa Balotelli bilan shartnoma imzoladik.

Shu sababli Suaresning ketishi bilan hayot tugab qolmaydi. Yangi futbolchilardan umidimiz katta. Luissiz ham muvaffaqiyatga erishishga harakat qilamiz", - deydi Jerrard.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru