Jeremi Menez: Milan buyuk klub bo'lgani uchun uni tanladim

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2014, 08:30
PSJ yarim himoyachisi Jeremi Menez Milanga o'tishi borasida o'z fikrlarini bildirdi.
Milan buyuk klub bo'lgani uchun uni tanladim, ushbu klub a'zosiga aylanishimdan xursandman. PSJ bilan bo'lgani kabi sovrinlar yutishni istayman.

Roma Menezdan Milandagisi qanday farq qiladi? Maydonda ko'rasizlar, 4 yil ichida ancha kuchaydim, buni isbotlashim kerak, – deydi Menez.

27 yoshli futbolchi Milanga erkin agent sifatida ko'chib o'tdi. Futbolchi 3 yil davomida 3 million evrodan maosh oladi. Transfermarkt yarim himoyachining transfer narxini 14 million evroga baholamoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru