Jasur Hasanov jarohat tufayli Yangi Zelandiyaga qarshi o'ynay olmaydi

Narzulla Saydullayev
8 sen 2014, 11:31
Bugun "Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Jasur Hasanov terma jamoa lagerini tark etgani haqida xabar berdik.
Futbolchi "Bunyodkor"ga qarshi o'tgan derbidan yig'inga jarohati bilan yetib kelgan. Shu sababli ham Hasanov mashg'ulotlarda ishtirok eta olmay jamoa lagerini tark etdi.

O'zbekiston - Yangi Zelandiya o'rtasidagi o'yin bugun soat 19:00da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia