Zabitcer – YCHL guruh bosqichida kiritilgan eng chiroyli gol muallifi

21 dek 2019, 00:57
Yevropa chempionlar ligasi matbuot xizmati o'zining Tvittyerdagi rasmiy sahifasida YCHLning joriy mavsum guruh bosqichida eng chiroyli golni aniqlash bo'yicha o'tkazilgan so'rovnoma yakunlarini e'lon qildi.

Unga ko'ra    “RB Leyptsig” yarim himoyachisi Marsel Zabitcerning YCHL  3-turida “Zenit” darvozasiga kiritilgan goli  musobaqaning guruh bosqichida kiritigan eng chiroyli gol sifatida etirof etildi.

23 oktyabr kuni o'tkazilgan “RB Leyptsig” – “Zenit” (2:1) uchrashuvining 59-daqiqasida Zabitcer “Zenit” jarima maydonchasining burchakka yaqin joyida bo'lishiga qaramay to'pni o'ziga xos traektoriya bilan raqib darvozasining “to'qqiz”ligiga yo'llab, jamoasining g'alabasini taminlagandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ЕЧЛ расмий Твиттер саҳифаси