"Yuventus" Braziliya terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
13 noya 2019, 16:30
"Yuventus" "Chelsi" o'yinchisi Villianni o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi.

"Yuventus" sport direktori Fabio Paratichi tez orada "Chelsi" bilan Villianning yanvarda Turin klubiga o'tishi borasida muzokaralarni boshlashi mumkin.

Oldinroq, taniqli mutaxassislardan biri Mircha Luchesku Villian uchun "Yuventus" eng yaxshi variant ekanligini aytgan edi.

Eslatib o'tamiz, Villian "Chelsi"ga 2013 yilda "Anji"dan o'tgan edi. Futbolchi 2011 yildan buyon Braziliya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Сorriere dello Sport