"Yuve" Pogbaning transferi borasidagi rejalarini o'zgartirdi

Mirjalol Normatov
22 dek 2018, 21:24
"Yuventus" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning transferi borasidagi rejalariga o'zgartirish kiritdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "keksa sinora" 25 yoshli futbolchini mavsumni o'rtasida qaytarmoqchi emas.

"Byankoneri"lar "Yunayted" o'z yetakchisini mavsumning yarmida yo'qotmaslik istagi borligini to'g'ri tushungan. Endi muzokaralar keyingi yili davom etadi.

Pogba bu mavsum MYU tarkibida 20 o'yinda 5 gol urdi va 4 golga assistentlik qildi. Uning sobiq jamoasiga qaytishi 80 million evro bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports