

Ayni paytda "Manchester Yunayted" hisobida 33ta o'yindan 63 ochko bor, mersisaydliklar hisobida 35ta o'yindan 62 ochko bor.
"Olti tur oldin hech kim biz YCHL uchun kurashishimizni o'ylamagandi ham. G'alaba qozonish – hozir qila oladigan eng asosiy ishimiz shu.
Agar MYU o'zi xohlagandek o'ynasa farqni 7 ochkoga oshiradi va ularga yetib olish imkonsiz bo'ladi.
Mavsum oxirini imkon qadar yaxshi o'tkazishimiz kerak. Tasavvur qiling, MYU ochko yo'qotsa. Unday bo'ladi deb o'ylamayman, ammo shunchaki tasavvur qiling MYU biz esa bundan foydalana olmayapmiz. Shunday bo'lsa juda qattiq afsuslanardik", – dedi "Liverpul" ustozi.




